Departamet AQŞda rasman terrorçi taşkilot deb tan olingan harakat bilan iş olib boriş niyatida emasligini bildirdi. Bu haqda Davlat departamenti vakili Tommi Pigot maʼlum qildi.
«AQŞ Davlat departamenti Afğonistonning öta muhim mineral resurslarini özlaştiriş masalasida «Tolibon» global terrorçilik guruhi bilan hamkorlik qilişni rejalaştirmayapti», - dedi Pigot.
U hamkorlik qadami «şunçaki toliblarga pul berib, ularning afğon xalqiga nisbatan dahşatli munosabatda bölişi uçun şaroit yaratişini» qöşimça qildi.
Uşbu bayonot «Tolibon» harakati taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiyning taklifiga javoban yangradi. Muttaqiy 31-avgust kuni Financial Times naşriga bergan intervyusida Vaşingtonni Afğonistonning toğ-kon sanoati, infratuzilmasi, qişloq xöjaligi va savdosiga sarmoya kiritişga çaqirgan edi. Muttaqiyning sözlariga köra, Afğoniston Amerika sarmoyalarini «şubhasiz» mamnuniyat bilan qabul qiladi va ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar «yigirma yillik uruş prizmasi orqali» baholanmasligi kerak - buning örniga tomonlar kelajakdagi hamkorlikka eʼtibor qaratişi lozim. Gap AQŞ geologik qidiruv maʼlumotlariga köra, bahosi trillion dollarga yaqinlaşayotgan konlardan foydalaniş imkoniyati haqida ketmoqda - Afğoniston mis, litiy, noyob metallar, kobalt va temir rudasining yirik zaxiralariga ega.
2021-yilda hokimiyatga qaytganidan söng toliblar 7 milliard dollardan ortiq summaga toğ-kon sanoatiga oid şartnomalar tuzdi, biroq Xitoy, Eron, Qatar va Turkiya kompaniyalari asosiy hamkorlar böldi - ular orasida yirik Ğarb investorlari yöq.












