Prezident sözlariga köra, sönggi yillarda mamlakatda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi lozim» degan tamoyil davlat siyosati darajasiga olib çiqildi.
«Bundan buyon “jarayon uçun” emas, “natija uçun” işlaş tamoyili idoralar faoliyatida asosiy mezonga aylanadi», — dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev samarali boşqaruvsiz heç bir sohada kutilgan natijaga erişib bölmasligini ta’kidlab, ortiqça byurokratiya va qoğozbozlik islohotlar samarasini pasaytirişini qayd etdi.
Şuningdek, «Sifatli davlat boşqaruvi» dasturi davlat idoralari faoliyatini xolis baholaş, kuçli va zaif tomonlarini aniqlaş hamda ilğor tajribalarni ommalaştirişga qaratilgani aytildi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yil yanvar–aprel oylarida dastur doirasida 40 ta respublika idorasi va ularning rahbar kadrlari xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan baholangan.












