Prezident Şavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Toşkent şahrining transport infratuzilmasini rivojlantirişga oid loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

«Mamlakatimiz taraqqiy etgani sari şaharlar har tomonlama ösib bormoqda. Poytaxtimizda ham zamon talablaridan kelib çiqib, yangi yöl va köpriklar qurilmoqda, transport yönalişlari kengaytirilmoqda.

Sönggi yillarda Toşkent şahrida yangi metro yönalişlari qurilib, aholi uçun katta qulayliklar yaratildi. Toşkent metropolitenini yanada rivojlantiriş maqsadida «Buyuk ipak yöli» bekatidan Toşkent traktor zavodi dahasigaça yerosti yöli hamda yerusti halqa metrosining ikkinçi bosqiçini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.

Taqdimotda şu boradagi loyiha takliflari körib çiqildi. Masalan, yangi yerosti yölini Mirzo Uluğbek köçasi yoki Buyuk ipak yöli köçasi orqali olib ötiş ustida işlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, birinçi holatda yöl uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yölovçilar soni  62 ming böladi. Ikkinçi variantda esa masofa salkam 8 kilometr bölib, kuniga 55 ming kişiga xizmat körsatilişi mumkin. Quriliş işlari beş yilga möljallangan.

Yerusti metrosining ikkinçi bosqiçi ham muhim loyiha. Unga köra, Qöyliq dahasidan Sergeli yölining 5-bekatigaça 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi. Bekatlar soni yettita bölişi, kuniga 38 ming yölovçi taşilişi kutilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yana bir loyihaga köra, Bobur köçasidan Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga olib boruvçi yöl ötkazgiçi kengaytirilib, yonida halqa şaklida aylanma köprik quriş közda tutilgan.

Taqdimotda uşbu loyihalarning texnik-iqtisodiy masalalari muhokama qilinib, davlatimiz rahbari loyihalarni qulaylik, xavfsizlik va sifat jihatidan takomillaştiriş böyiça tavsiyalar berdi.