Hujjatda belgilanişiça, nobud bölgan hayvon jasadlarini maişiy çiqindilar konteynerlariga, suv havzalariga yoki boşqa belgilanmagan joylarga taşlaş va kömiş taqiqlanadi. Krematsiya qiliş jarayoni tuman va şahar obodonlaştiriş bölimlari tomonidan davlat veterinariya xizmati hamda ekologiya organlari iştirokida amalga oşiriladi.

Tartibga muvofiq, hayvon nobud bölgani aniqlangaç, bu haqda darhol veterinariya va obodonlaştiriş xizmatlariga xabar berilişi lozim. Mas’ul xodimlar hayvon turi, ölim sababi va boşqa ma’lumotlarni qayd etib, maxsus dalolatnoma rasmiylaştiradi. Yuqumli kasallikka gumon qilingan holatlarda esa jasad alohida izolyatsiya qilinadi.

Şuningdek, nobud bölgan hayvon jasadlari germetik yopiladigan maxsus qop yoki konteynerlarda taşilişi, vaqtinça saqlaş muddati esa odatda 24 soatdan oşmasligi belgilanmoqda. Krematsiya maxsus uskunalarda 800–1200 daraja haroratda amalga oşiriladi.

Loyihada epizootiya, tabiiy ofat yoki favqulodda holatlarda hayvon jasadlarini yöq qilişning alohida tartibi ham nazarda tutilgan. Bundan taşqari, jarayonda iştirok etuvçi xodimlar maxsus himoya kiyimlari va sanitariya vositalari bilan ta’minlanişi şartligi qayd etilgan.