Prezidentning tegişli qarorlari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi () rahbariyati özgardi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ahadxon Ikromjonoviç Isoqjonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Şu bilan birga, Dadajon Aynaquloviç Isaqulov boşqa işga ötişi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etildi. U 2025 yil noyabridan buyon «Özenergoinspeksiya»ga rahbarlik qilayotgandi. Undan oldin turli yillarda «Özbekenergo» raisi örinbosari, «Özdavenergonazorat» inspeksiyasi boşliği, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» boşqaruvi raisi kabi lavozimlarda işlagan.

Ahadxon Isoqjonov 1978 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, 2002 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2010 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini hamda 2023 yilda Toşkent kimyo-texnologiya institutini (sirtqi) tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar u Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan. Bundan avval esa «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining işlab çiqariş böyiça birinçi örinbosari – boş muhandisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida faoliyat yuritgan.








