27-oktabr kuni Toşkentda bir odam yonayotgani, atrofdagilar uni öçirişga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Maʼlum bölişiça, hodisa Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Parkwood turar joy majmuasida, majmuaga qaraşli transformator punktida röy bergan.
Hodisa oqibatida ikki kişi şifoxonaga yotqizilgan. Ular RŞTYoIMga olib kelingan. Şifoxonaga borgan Kun.uz muxbirining aniqlanişiça, bemorlardan biriga yordam körsatilib uyiga javob berilgan, ikkinçisi jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
“TP kaliti qorovulda turmasligi kerak”
Hodisa röy bergan transformator punkti “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” korxonasi balansida turmaydi. Kompaniya dastlabki axborotida yonğin çiqişiga “transformatorda taʼmirlaş işlari olib borilayotgan vaqtda röy bergan fazalararo qisqa tutaşuv” sabab bölganini bildirgan edi. Ammo kompaniya mutaxassisi Aziz Töyçiev keyinroq Kun.uz’ga bergan intervyusida boşqa sababni tilga oldi.
“Öşa yerdagi quruvçilar qorovuldan TP kalitini olib, bolgarka işlatiş uçun uzaytirgiç (udlinitel) ulamoqçi bölişgan paytda elektr yoyidan jarohatlanişgan. Aslida kalit qorovulda emas, masʼul şaxsda bölişi kerak”, - dedi Töyçiev.
Kun.uz yangi qurilgan köp qavatli uylardagi elektr xavfsizligi uçun kim javobgar bölişi haqida söradi. HETK vakiliga köra, TPni ekspluatatsiya qiliş böyiça masʼul şaxs belgilangan bölişi, u tegişli bilim va malakaga ega bölişi, işlarni esa xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda bajarişi kerak.
Yangi uylardagi TPlarning aksariyati HETK balansida emas
“Toşkent şahar elektr tarmoqlari” mutaxassisining tuşuntirişiça, quriliş kompaniyasiga tegişli transformator punktini işga tuşirişda belgilangan tartibda ruxsat olinişi, masʼul şaxslar haqidagi hujjatlar rasmiylaştirilişi kerak.
Korxonada energetik xodim bölmasa, transformator punktiga xizmat körsatiş uçun ixtisoslaşgan taşkilot bilan şartnoma tuzilişi mumkin. Har qanday holatda ham, transformator punktidagi işlar uçun masʼul şaxs belgilanişi va elektr xavfsizligi talablariga amal qilinişi lozim.
Transformator punkti “Toşkent şahar elektr tarmoqlari” balansiga ötkazilganidan keyin esa kalitlarni saqlaş va ularni olib-qaytariş tartibi jamiyat tizimi orqali nazorat qilinadi.
Aziz Töyçiev poytaxtdagi yangi köp qavatli uylarning qançasi elektr tarmoqlari korxonasi balansiga ötkazilgani böyiça aniq raqam keltira olmasligini aytdi. Uning taxminiga köra, yangi qurilgan köp qavatli uylarning 30–40 foizida TPlar HETK balansiga ötkazilgan. Qolganlarida quriliş kompaniyasi yoki boşqa taşkilotlar balansida bölişi mumkin.
Kun.uz Parkwood turar joy majmuasidagi hodisa böyiça izoh oliş uçun boşqaruv kompaniyasi vakillari bilan ham suhbatlaşişga harakat qildi, ammo ular savollarga javob bermadi.
















