Prezident Şavkat Mirziyoyev energetika sohasi böyiça selektorda tizimdagi rahbarlar va hokimlarni tanqid qildi.

Barça hududlarda deyarli bir xil tarmoq bölgani bilan ayrim tumanlar yaxşi işlayotgani, boşqalarida esa doim avariya sodir bölayotgani körsatib ötildi. Bu talab nazorat va intizomning har xilligi bilan boğliq.

Energetika vazirligi va uning quyi böğinlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetişmayotgani tanqid qilindi. Şu bois, odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi işidan mutlaqo norozi.

“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan işi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmuş tarzida sezilişi, tadbirkorlarning muşkulini oson qilişi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.

Har yili yoz va qişda önlab podstansiyalarda avariya bölib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda. Iyun-iyul oylarining özida 4 mingga yaqin avariya sodir bölib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgaça elektrsiz qolgan.

Sönggi beş yilda Şirin şahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida elektr iste’moli 2 karradan ziyod oşgan. Biroq mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani kötara olmasligini oldindan hisobga olmagan.

Prezidentimiz har bir uziliş tadbirkorlar va iqtisodiyotga qança zarar keltirgani hisoblab çiqilmaganini tanqid qildi. Hokimlar energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uçun milliardlab mablağ havoga ketayotganini körsatib ötdi.