Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yoqilği-energetika tarmoğida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Davlat rahbari sönggi ön yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oşirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uçun yöl oçildi.
Prezident investorlar bilan bir neça bor şaxsan uçraşib, ularning takliflarini eşitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oşiriş uçun şaroit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.
Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari işga tuşirildi. Şu tariqa generatsiya böyiça içki ehtiyojni töliq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.
Sönggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlaş qurilmalarini yangilaş uçun 30 trillion söm ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yönaltirilgan mablağdan 6 karra köp.
“Oçiq aytiş kerak. Energetikada muammo mablağda emas, çunki qança kerak bölsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boşqaruvida!” – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mazkur yiğiliş energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va “Özenergoinspeksiya” raisi Dadajon Isaqulov iste’folari fonida bölib ötmoqda.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Asrorjon Asqarov ham tizimdagi jiddiy kamçiliklar uçun işdan olingan. U 2024 yil dekabridan beri bu lavozimda işlab kelayotgan edi.
“Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Öztransgaz” va “Hududgazta’minot” rahbarlariga yil yakunigaça sinov muddati belgilandi. Natija bölmasa, ular ham işdan ketişi haqida ogohlantirildi.
Yangi energetika vaziri Şerzod Xöjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boşliği Axad Isoqjonov bugundan yangiça iş uslubini joriy qilişi şartligi ta’kidlandi.

















