Jahon çempionatida 15 iyunga ötar keçasi yana ikkita guruhda 4 ta uçraşuv bölib ötdi. Germaniya kamtarona Kyurasaoni yirik hisobda tor-mor etdi, niderlandlar yaponlar bilan öyinda oçko yöqotdi, Kot-d'Ivuar turnirni Ekvadorga qarşi öyindagi minimal hisobdagi ğalaba bilan boşladi, Tunis esa şvedlarga ortiqça muammo tuğdira olmadi. Maydon taşqarisida ham qiziqarli voqealar sodir böldi.
Germaniya – Kyurasao 7:1
Gollar: Nmeça, 6 (1:0). Komenensiya, 21 (1:1). Şlotterbek, 38 (2:1). Havers, 45+5 - penalti (3:1). Musiala, 47 (4:1). Braun, 68 (5:1). Deniz Undav, 78 (6:1). Havers, 88 (7:1)
Germaniya: Noyyer, Ta (Ryudiger, 73), Şlotterbek, Braun (Raum, 73), Kimmih (Anton, 83), Pavloviç, Nmeça (Goretska, 73), Musiala (Deniz Undav, 64), Virs, Sane, Havers
Kyurasao: Rom, Obispo, Bazur, Fonvill, Floranus, L. Bakuna, J. Bakuna, Komenensiya, Çong (Kastaner, 83), Lokadia (Margarita, 65), Hansen (Antonisse, 46)
Turnirga ilk marta taşrif buyurgan kyurasaoliklar kutilganidek tezkor gol ötkazib yuborişdi, ammo 21-daqiqada kutilmaganda hisob tenglaştirildi. 22 yoşli himoyaçi Livano Komenensiyaga jamoaning mundialdagi ilk golini uriş nasib etdi.
Lekin orolliklar jamoasi quvonçi uzoqqa çözilmadi. Öyinning qolgan 70 daqiqasida nemislar yana oltita gol urişdi va turnirning hozirça eng yirik natijasini qayd etişdi – 7:1.
«Biz Germaniyaga qarşi öyinda bunday holat bölişi mumkinligini bilardik. Bundan qoçib bölmaydi. Jamoadagilarning barçasi uçun katta saboq böldi. Va biz bundan mutlaqo uyalmaymiz», – dedi öyindan keyin Kyurasao boş murabbiyi Dik Advokat.
Uşbu niderlandiyalik JÇ tarixidagi eng keksa yoşli (78) murabbiyga aylandi. Şu kuni raqib jamoasini maydonga boşlab kelgan 39 yoşli Yulian Nagelsmann esa Dik professional faoliyatini boşlaganida hali tuğilmagandi. Uşbu murabbiylar orasidagi yoş farqi ham turnir tarixidan rekord körsatkiç sifatida örin oldi – 39 yil-u 229 kun.
Niderlandiya – Yaponiya 2:2
Gollar: van Deyk, 51 (1:0). Nakamura, 57 (1:1). Sammervill, 64 (2:1). Kamada, 88 (2:2)
Niderlandiya: Verbryuggen, van Deyk, van Xekke, van de Ven, Dumfris, de Yong, Reynders (Kopmeyners, 70), Gravenberh (Ake, 81), Gakpo (Brobbi, 85), Sammervill (Timber, 70), Malen (Depay, 70)
Yaponiya: Sudzuki, Taniguti, X. Ito, Vatanabe (Sugavara, 75), Kamada, Sano, Nakamura, Doan (Tomiyasu, 75), Kubo (Ogava, 75), Maeda (D. Ito, 66), Ueda (Siogai, 84)













