27 iyuldan 2 avgustgaça respublikaning deyarli barça hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo haroratining bosqiçma-bosqiç +40…+45 darajagaça kötarilişi tuproqdan namlikning tez buğlanişiga, suğoriş samaradorligining pasayişiga va ösimliklarda issiqlik stressining kuçayişiga olib keladi. Paxta, sabzavot va boğdorçilik ekinlarini kunduzgi suğorişdan voz keçib, uni tungi yoki ertalabki soatlarga köçiriş maqsadga muvofiq. Çorvani kunning eng issiq paytida soya joylarda saqlaş, içimlik suvi zaxirasini köpaytiriş va şamolli hududlarda tuproq namligini saqlaş çoralarini kuçaytiriş tavsiya etiladi. Hafta oxiridagi kuçli issiqlik ayrim hududlarda hosil sifati va mehnat unumdorligiga ham salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Yana issiqlik sinovi
12:11 / 27.07.202619 2441 min
Quruq va kun sayin isib boradigan ob-havo sabab qişloq xöjaligi uçun asosiy xavf namlikning jadal yöqolişi va yuqori issiqlik stressining kuçayişi böladi. Ayniqsa, juma va dam oliş kunlari ekinlar hamda çorvaçilik uçun xavf darajasi ortadi.











