Boş prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro B.R. tört nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali Kanadaga işga yuborişni va’da qilgani aniqlangan.
Buning evaziga u 5 ming dollar talab qilib, kelişilgan pulning 3 ming dollarini firibgarlik yöli bilan olgani aytilmoqda.
Yangihayot tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro M.T. boşqa bir fuqaroga Yaponiyaga boriş uçun viza hujjatlarini tayyorlab berişni va’da qilib, 1 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Uyçi tumanidagi holatda Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boş mutaxassisi Ş.N. fuqaroni 1,5 ming dollar evaziga Slovakiyaga işga yuborişni va’da qilgani ma’lum qilindi. U kelişilgan mablağ hisobidan 3,3 mln sömni olgan. Tekşiruv davomida uşbu pullarning qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, Uçtepa tumanida M.G MÇJ mas’ul şaxslari fuqaroni Germaniyaga işga yuborişni va’da qilib, uning 8 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















