Dahşatli jarohat kanadaliklarning yorqin ğalabasini xiralaştirdi  

Kanada – Qatar 6:0
Gollar: Larin, 16 (1:0). Devid, 29 (2:0). Devid, 45+3 (3:0). Saliba, 64 (4:0). Al-Mannai, 75 - avtogol (5:0). Devid, 90+2 (6:0)
Kanada: Krepo, De Fujyerol (Oluvaseyi, 71), Kornelius (Bombito, 46), Lareya, Jonston, Euştakiu, Kone (Saliba, 56), A. Ahmad (Şaffelberg, 71), Byukenen (Sigur, 83), Larin, Devid
Qatar: Abunada, Pedru Migel, Huhi, X. Ahmad, Al-Oui, Madibo, Layye, Abdulsalom (Fati, 46, Mendes, 87), Afif (Al-Husayn, 59), Edmilson Junior (Al-Mannai, 46), Abdurisoq (Al-Brake, 40)
Ogohlantirişlar: Kornelius, 9 – Fati, 62
Çetlatiş: X. Ahmad, 33. Madibo, 51

Kanadaliklar jahon çempionati guruh bosqiçining ikkinçi turida Qatarni osonlik bilan mağlub etdi – 6:0. Öyin taqdiri birinçi bölimdayoq hal böldi: ötgan turda ham bosniyaliklar darvozasiga yagona golni urgan Kayl Larin gollari sonini oşirib oldi, Jonatan Devid dublni rasmiylaştirdi. Bundan taşqari, 33-daqiqada Qatar ozçilik bölib qoldi: Homam Ahmad darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borayotgan Byukenenga sönggi umid folini işlatgan deb topildi va maydonan çetlatildi.

Birinçi bölimdayoq hisob yirik köriniş oldi, ammo kanadaliklar töplar nisbatini yaxşilab oliş uçun faollik bilan hujum qilişda davom etişdi. 51-daqiqada esa öyinda dahşatli voqea röy berdi: qatarliklar himoyaçisi Assim Madibo töpni olib qöyişga urinib, Ismoil Konega oğir jarohat yetkazdi.

Kanadaliklar yarimhimoyaçisi gazonda yotgan holda oyoğiga qaradi va dahşatga tuşib, qöllari bilan yuzini yopdi – uning çap oyoği sinib ketgan va notabiiy körinişga kelgandi.

Öyin şu zahoti töxtatildi. Konening jamoadoşlari darhol Madiboni örab olişdi va keskin ohangda e’tiroz bildira boşlaşdi. Ammo himoyaçining özi qilib qöygan işidan karaxt holatga tuşgandi. Uni tinçlantiriş uçun jamoa darvozaboni Mahmud Abunada yetib keldi.