Özbekiston prezidenti 22 iyun kuni imzolagan qonun bilan, korrupsiyaga haqida xabar bergan şaxslarning himoyasi kuçaytirildi.

Unga köra, endilikda özi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korrupsiyaga oid jinoyat töğrisida asosli xabar bergan şaxsga nisbatan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligini oldindan xabardor etmagan holda ikki yil davomida intizomiy jazo* çoralarini qöllaşga yöl qöyilmaydi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar qiluvçi şaxslarni rağbatlantiriş davlat tomonidan kafolatlanadi. Rağbatlantiriş bir martalik pul mukofoti, taşakkurnoma, esdalik sovğasi şaklida yoki qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa şakllarda amalga oşirilişi mumkin.

Mazkur kafolatlar “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunda belgilab qöyildi. Özgarişlar 2026 yil 23 iyuldan kuçga kirdi.

Avvaldan mavjud kafolatlar

Ma’lumot uçun, bungaça uşbu qonunda korrupsiya haqida xabar beruvçilarga oid quyidagi normalar mavjud edi:

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisidagi axborotni xabar qiluvçi şaxslar va ularning yaqin qarindoşlari davlat himoyasida böladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar qiluvçi şaxslar töğrisidagi ma’lumotlar xizmat sirini taşkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va şaxsning özining, şuningdek korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oşkor etiladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar qiluvçi şaxslarning hamda ularning yaqin qarindoşlarining hayotiga va soğliğiga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zörlik işlatilganligini, ularning mol-mulki yöq qilinganligini yoki şikastlantirilganligini tasdiqlovçi yetarli asoslar mavjud bölgan taqdirda, korrupsiyaga qarşi kuraşişni amalga oşiruvçi organlar «Jabrlanuvçilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qiliş böyiça zarur çoralar körişi şart.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisidagi axborotni xabar qiluvçi şaxslarning va ularning yaqin qarindoşlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilişga, şuningdek iş beruvçi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilişiga yöl qöyilmaydi hamda bu qonunga köra javobgarlikka sabab böladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida xabar qiluvçi şaxslarni rağbatlantiriş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Uşbu qoidalar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar töğrisida bila turib yolğon axborotni xabar qilgan şaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uçun qonunga muvofiq javobgar böladi.