Mahalliy OAVning xabariga köra, paraşyutçilar maktabiga qaraşli samolyot Nansi-Essey aerodromidan havoga kötarilgan va savdo markazi yaqinidagi hududda qulab tuşgan.
Fransiya transport vaziri Filipp Tabaro içki işlar vaziri Loran Nunyyes bilan birga “dahşatli fojia yuz bergan” joyga ketayotganini ma’lum qildi.
AFP agentligining ma’lumot berişiça, Mert-va-Mozel şarqiy departamenti prefekti Iv Segi hodisa oqibatida mahalliy aholi orasida qurbonlar yöqligini aytgan.
“Samolyot aerodromdan unça uzoqda bölmagan yaşaş majmuasi yaqinida deyarli vertikal holatda qulagan”, — dedi Segi BFM telekanaliga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, halokat joyiga «salmoqli resurslar», jumladan 25 avtomobil va 50 nafar öt öçiruvçi yuborilgan.
“Bundan taşqari, barça politsiya bölinmalari hamda fuqaro mudofaasi xizmati xodimlari safarbar qilindi. Hozirda suriştiruv olib boradigan sud ekspertlari guruhini kutmoqdamiz”, dedi u.
Aerodrom prezidenti Fransua Pelissyye uşbu voqeani «ulkan fojia» deb atadi va halok bölganlarning ayrimlariga sovğa sifatida paraşyutdan sakraş imkoniyati berilganini aytdi.
Tomblen meri Erve Feron samolyot veloyölakka qulaganini ma’lum qildi.
Mahalliy hokimiyatning bildirişiça, samolyot qulagan vaqtda halok bölganlarning yaqinlari aerodromda bölişgan.








