Toşkentdagi Rayan Kids xususiy boğçasida bolalar qiynoqqa solib kelingani ma’lum böldi. Ota-onalarning aytişiça, boğçada bolalar muntazam kaltaklangan, haqoratlangan va qiynoqqa solingan. Ota-onalarga videohisobot uçun bolalarga berilgan mevalar tortib olingan, olti bolaga bir kosa ovqat berilgan, va’da qilingan til kurslari esa 2 daqiqadan ham oşmagan. Kun.uz voqea joyida bölib, jabrlangan oilalar, boğça ma’muriyati va mas’ul idoralar munosabatini örgandi.

Poytaxtning Uçtepa tumanida joylaşgan Rayan Kids xususiy boğçasida tarbiyaçilarning bolalarga nisbatan zöravonlik qilayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videolarda ayrim tarbiyaçilarning bolalarni sudraşi, urişi, oğziga latta tiqişi va kamera tuşmaydigan joylarga olib kirişi aks etgan.

Kun.uz voqea joyida bölib, farzandlari mazkur boğçaga qatnagan ota-onalar bilan suhbatlaşdi.

“Boğçaning reklamalariga işonib qoldik” – Rayan Kids’da qiynoqqa solingan bolalarning ota-onalari

“Bizga bolangizni soat 8:30-9 da taşlab ketsangiz, ön-ön birgaça ovqatlantiramiz, 13:00 gaça hovlida yuradi, olib kiramiz, beş mahal ovqat, hammasi çiroyli, zör böladi, deb guruhlarda reklamalarini körsatişgan. U reklama ekan. Keyin bolam uç-tört kundan beri yarim keçasi turib, burçaklarda yiğlaydigan bölib qoldi. Kelib ogohlantirdik. Tarbiyaçisini işdan böşatişdi. Kamerani oçib berişlarini söradik, oçib berişmadi. Keyin ön-ön beş kun ötganidan keyin onasi bolamning kökargan joylarini taşladi menga. Beş-ön kundan keyin yana kökargan holatlar bölgan. E’tibor berişmagan. 24 iyun kuni soat 13:00 larda bolaning oyoqlari kökarib, badanlari şilingan, qöllari ezilgan holatda onasiga “bolani boğçada ertalab şunaqa taşlab ketdingiz, şunaqa böldi” deb video taşlaşyapti. Men jahl bilan kelib, kamerani oçişlarini talab qildim, çunki ertalab bolani özim kuzatganman, bunaqa jarohati yöq edi. Kelib kamerani oç desam, kameraning kodini bilmasliklarini aytişdi, faqat telefon orqali köriş mumkin ekan. Telefon orqali körsam, bolani zinadan sudrab, urib, tan jarohati yetkazyapti. Özi yetkazgan tan jarohatini bir soat-bir yarim soatdan keyin qilgan jinoyatini yaşiriş maqsadida bizga video qilib taşlab, tönkab qöyyapti. Keyin mutaxassis çaqirtirdim. Unga 1,5 mln söm tölab, kamerani kodini oçtirdim. Va kamerani şu yerda qisman yozib oldim. Videoning 3-4 minutini körib, uyoğini körolmadim. Bolalarning oğziga latta tiqqani, hojatxonaga olib kirib qiynagani, kaltaklagani, çimçilab, öymalab kökartirib taşlagani, bola töpolon qilsa, kamera yöq joylarga, kameralar olmaydigan joylarga olib kirib ketyapti. Bu qanaqa vahşiylik? Bola yiğlasa, badaniga bola nafas olmasligi uçun oğzi bilan bosib hiqqillatyapti. Nafasi qaytib ölib qolişi mumkin. 24 iyunda ariza bersam ham şu kungaça çora yöq. Boğça haliyam işlayapti, öşa rahbariyat, öşa tarbiyaçilar haliyam işlayapti.