Hodisa 1 iyul kuni mahalliy vaqt bilan kunduzi sodir bölgan. 33 yoşli Angela Nikolau va 32 yoşli Ivan Birkus (Kuznetsov) yuzlariga niqob taqqan holda Empire State Building binosi şpiliga kötarilişga muvaffaq bölgan.

Binoning umumiy balandligi şpili bilan birga 443 metrni taşkil etadi. Ruferlar çöqqiga çiqqanidan söng şpilga «Muhabbat hokimiyatga bölgan hirsdan kuçli bölganida, dunyoda tinçlik qaror topadi» degan yozuv tuşirilgan qora bannerni mahkamlagan. Bu ibora köpinça amerikalik maşhur gitaraçi Jimmi Xendriksga nisbatan keltiriladi.

Şundan söng Ivan Birkus binodagi maydonçada tiz çökib, uzoq yillardan beri munosabatda bölib kelayotgan Angela Nikolauga turmuş quriş taklifini bildirgan. Qiz taklifni qabul qilgan va keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda uzuk taqqan suratini e’lon qilgan.

Juftlik bu voqeani özining Instagram sahifalari orqali jonli efirda ham namoyiş qilgan.

Biroq ular binodan tuşib kelgaç, Nyu-York politsiyasi tomonidan qölga olingan. OAV ma’lumotlariga köra, ularga noqonuniy ravişda xususiy hududga kiriş, xavfsizlik talablarini buziş, mulkka zarar yetkaziş, jamoat tartibini buziş, buzib kiriş vositalarini saqlaş hamda boşqa bir qator qonunbuzarliklar böyiça ayblovlar qöyilişi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, ruferlar binodagi taşrif buyuruvçilar uçun yopiq bölgan 103-qavatga çiqişga muvaffaq bölgan. Tergovçilar ular aynan qanday yöl bilan bu yerga kirgani va şpilga çiqqanini aniqlamoqda.

Empire State Building ma’muriyati esa ruferlarning harakatlari bino ijaraçilari yoki sayyohlar xavfsizligiga tahdid solmaganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, ma’muriyat uşbu maşhur kuzatuv maydonçasi turmuş quriş taklifini bildiriş uçun eng munosib joylardan biri ekanini hazilomuz tarzda ta’kidladi.

Angela Nikolau va Ivan Birkus 2016 yildan beri birgalikda ekstremal rufing bilan şuğullanib keladi. Ular şu vaqt içida dunyoning bir qator maşhur baland inşootlariga çiqqan. Jumladan, 2016 yilda Xitoyning Tyanszin şahrida qurilişi tugallanmagan qariyb 597 metrli Goldin Finance 117 osmonöpar binosiga çiqqan.

Juftlik haqida suratga olingan «Skywalkers: Bir juftlik tarixi» hujjatli filmi 2024 yilda AQŞdagi Sundance kinofestivalida namoyiş etilgan. Keyinçalik filmni tarqatiş huquqini Netflix kompaniyasi sotib olgan va u striming platformasiga joylaştirilgan.