Bugun, 30 aprel kuni Kun.uz saytida «Qimor qaçondan oçiqçasiga reklama qilinadigan bölib qoldi?» nomli maqola e'lon qilinib, unda viloyatda bukmeykerlik idoralari oçiqça faoliyat yuritayotgani, köçada reklamalari joylaştirilgani ta'kidlangandi.

Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi uşbu maqolaga tezkor munosabat bildirib, agentlik tomonidan şahar va tumanlar hududlarida doimiy olib borilayotgan kuzatuvlar davomida qonun hujjatlariga zid ravişda joylaştirilayotgan taşqi reklamalar, şu jumladan 1XBET bukmeykerlik kompaniyasi qimor öyinlari reklamalari bartaraf etilayotganini bildirdi.

Xususan, 1XBET bukmeykerlik kompaniyasi qimor öyinlari reklamasi qonun hujjatlariga zid ravişda joylaştirilganligi böyiça Agentlik tomonidan 26 ta holat aniqlangan va barça qonunbuzarliklar joyida bartaraf etilgan.

Qöşimça qilinişiça, maqolada aytilgan Xöjaobod tumani markazidagi buyum bozori va dehqon bozori örtasidagi joyda 1XBET bukmeykerlik şoxobçasida qimor öyinlari reklamasi mavjudligi aniqlangan va noqonuniy reklama bartaraf etilgan.

Aytiş lozimki, noqonuniy reklamalarga çek qöyilgani – bu qilinişi lozim bölgan işning bir qismi. Qolgan qismi esa qonunbuzarlarga tegişli çoralar körişdan iboratdir.

Ayni vaqtda uşbu öyin xonalarini taşkil etgan şaxslarning xatti-harakatlari ustidan içki işlar organlari suriştiruv olib bormoqda.

Şuningdek, Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati maqolada keltirilgan holat böyiça munosabat bildirib, holat viloyat hokimligi hamda tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan örganilayotganini, örganiş yuzasidan qöşimça axborot berilişini ma'lum qildi.