Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi, Toşkent şahar hokimligining Raqamli rivojlaniş departamenti hamda Madaniy meros agentligi Toşkent şahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barça mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod etilganini ma’lum qildi.
Poytaxtda koşinkor qadamalarni saqlab qoliş va ularni tösib turgan reklama qurilmalaridan xalos etiş dasturi muvaffaqiyatli amalga oşirilgan. Hammasi bölib 70 dan ortiq mozaika, ulardan 40 dan ziyodi aprel oyidan iyunning boşigaça taşqi tösiqlardan xoli qilingan. Eng sönggi reklama banneri Beruniy köçasi, 2-uy binosidan yeçilgan.
Biz keng jamoatçilikka öz minnatdorçiligimizni izhor etib, mozaikalar haqidagi ma’lumotlarni [email protected] elektron poçta manziliga yuboriş mumkinligini eslatib ötamiz, deyiladi xabarda.








