Sönggi kunlardagi ança qulay ob-havo şaroitidan söng dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça havo harorati asta-sekin kötarila boşlaydi.
Özgidrometga köra, juma kuni kunduzi respublika böyiça harorat asosan +34…+37 daraja böladi, şanba va yakşanba kunlari +37…+40 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda 41–42 darajagaça kötariladi.
Uşbu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat toğli hududlarda ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Respublika şimolida va çöl hududlarida 8–9-avgust kunlari şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkentda esa yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati juma kunduzi +36 daraja atrofida böladi, dam oliş kunlari +37…+39 darajagaça kötariladi.
Havo harorati keçalari +21…+24 daraja atrofida böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.












