28-avgust kuni Norvegiya qiroli Xarald V vafot etdi. Bu haqda qirollik saroyiga tayanib Reuters xabar berdi. 89 yoşli qirol 1991-yildan buyon taxtni boşqarib kelayotgan edi.

BBC'ning yozişiça, taxtdagi 35 yillik boşqaruvidan söng, Xarald V xalqçil monarx va islohotçi sifatida yodda qoladi. Uning asosiy xizmatlaridan biri - monarxiyani zamon va özgargan anʼanalarga mos ravişda modernizatsiya qilganidir. Şu bilan birga, u Norvegiya uçun eng qiyin damlarda ham millatni jipslaştira olgan şaxs bölib qoldi.

Keça, tongda qirollik saroyi 89 yoşli Norvegiya qirolining salomatligi «öta oğir» holatgaça yomonlaşgani haqida xabar bergandi.

Qirolning vafotidan biroz oldin qirollik oilasi aʼzolari Oslodagi universitet şifoxonasida töplanişdi. Xarald V 24-avgust kuni gemolitik anemiyani davolaş bilan boğliq asoratlar sababli aynan şu şifoxonaga yotqizilgan edi. Bu eritrotsitlarning tez parçalanişi bilan keçadigan kamyob kasallikdir.

Qirol şifoxonada bölib turgan vaqtda uning 53 yoşli öğli, valiahd şahzoda Xokon regent vazifasini bajarib turdi.

Endi Xokon avtomatik ravişda qirol Xokon VIIga aylanadi va Norvegiya davlati rahbari sifatida otasining örniga ötadi. Norvegiya monarxi asosan marosim va vakillik roliga ega.

Yoşi va salomatligidagi muammolar sababli qirol Xarald hali 2024-yildayoq özi iştirok etadigan ommaviy tadbirlar sonini qisqartirgan edi. Öşa yili Malayziyadagi taʼtil vaqtida orttirilgan xastalikdan söng, qirolga kardiostimulyator örnatilgan edi.