Hoʻrmuz boʻgʻozidagi yangi hujumlar va Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga berilgan zarba jahon neft taʼminotidagi uzilishlarni yanada kuchaytirishi mumkin, deb xabar berdi Reuters.

Agentlikning qayd etishicha, oʻtgan hafta neft narxi iyul oyidan beri birinchi marta 100 dollardan oshdi.

«Jahon neft taʼminotining 4 foizgacha boʻlgan qismi xavf ostida qolishi mumkin. Bu Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali harakatdagi uzilishlar sababli allaqachon yoʻqotilgan kuniga millionlab barrel neft hajmiga qoʻshimcha ravishda yuz bermoqda», - deyiladi xabarda.

Saudiya nefti xaridorlari va treyderlarning aytishicha, agar neft quvuri ishi tiklanmasa, Qizil dengiz sohilida joylashgan Yanbu portidagi neft zaxiralari atigi besh-yetti kunlik importga yetadi xolos.

11-sentabr kuni bir nechta dron Saudiya Arabistonidagi «Sharq - Gʻarb» neft quvuriga hujum qildi. Shundan soʻng «Sharq - Gʻarb» quvuri orqali neft haydash toʻxtatildi.