2025 yilning 3–8 noyabr kunlari ECAQA xalqaro ekspertlari tomonidan universitetda keng qamrovli baholaş jarayonlari ötkazildi. Unda oliygohdagi magistratura ta’lim dasturlari mazmuni, öquv jarayoni taşkil etilişi, klinik tayyorgarlik darajasi, ilmiy faoliyat, professor-öqituvçilar salohiyati hamda ta’lim infratuzilmasi kabi qator mezonlar tahlil qilindi.

Şundan söng quyidagi magistratura yönalişlari xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötdi:
• Endokrinologiya
• Otorinolaringologiya
• Oftalmologiya
• Pediatriya
• Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
• Bolalar kardiologiyasi va revmatologiyasi
• Bolalar nevrologiyasi
• Bolalar va ösmirlar ginekologiyasi

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, mazkur akkreditatsiya ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga mosligini anglatadi. Bu esa oliy ta’lim muassasasining xalqaro akademik maydonda işonçliligi va raqobatbardoşligini oşirişda muhim omil hisoblanadi.

Şuningdek, bunday akkreditatsiya tibbiyot sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilim va könikmalari zamonaviy talablar hamda global standartlarga mos şakllantirilayotganini tasdiqlaydi.
Ma’lumot örnida, xalqaro akkreditatsiya sertifikatlari WFME hamda ECAQA maslahatçisi Farida Nurmanbetova tomonidan soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyarov hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuhrat Boymurodovga tantanali ravişda topşirildi.
Reklama huquqi asosida















