Raqamlaştiriş va sun’iy intellekt davrida şifokorlik kasbi qanday özgaradi? Tibbiy kadrlar tayyorlaş tizimida nimalar yangilanişi zarur? Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori Şuhrat Boymurodov bilan navbatdagi suhbatda sohada ta’lim sifatini oşiriş, malakali kadr tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.

Texnologiya inson örnini egallamaydi

Suhbat boşidayoq tibbiyotda raqamlaştiriş masalasi kötarildi. Rektor fikriça, yaqin 10 yil içida sohada ayrim an’anaviy funksiyalar öz ahamiyatini yöqotadi: şifokorning özi emas, iş uslubi tubdan özgaradi. Bugun u köp vaqtini hujjat töldiriş, takroriy tahlillar va ma’lumot yiğişga sarflayotgan bölsa, kelajakda mazkur jarayonlarning katta qismini raqamli tizimlar bajaradi.

“Endi şifokor iş yukining katta qismi avtomatlaştiriladi. Lekin bu davolaşda inson omili kerak bölmaydi degani emas. Texnologiyalar şifokorni almaştiriş uçun emas, uni ortiqça iş yukidan ozod etiş uçun tibbiyotda joriy etilyapti. Buning natijasida mutaxassis bemor bilan köproq muloqot qiliş, kasallikning sabablarini çuqur tahlil etiş va individual yondaşuvni kuçaytiriş imkoniga ega böladi.

Şu bilan birga, raqamlaştiriş şifokordan yangi kompetensiyalarni ham talab qiladi. Endi faqat klinik bilim yetarli bölmaydi: tibbiy ma’lumotlar bilan işlaş, sun’iy intellekt bergan tavsiyalarni töğri talqin etiş va yakuniy qarorni mustaqil qabul qiliş muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki algoritm yordamçi bölişi mumkin, ammo mas’uliyat, vijdon va qaror uçun javobgarlik baribir inson zimmasida qoladi”, – deydi Şuhrat Boymurodov.

Rektor fikriça, sun’iy intellekt bemorning oldingi tahlillari, rentgen yoki MRT natijalarini soliştirib, tavsiyalar beradi. Ammo yakuniy qaror baribir şifokor tomonidan qabul qilinadi.

Yaxşi şifokor böliş formulasi qanday?

Podkastda şaxsiy rivojlaniş va şifokor kompetensiyalari masalalari ham kötarildi. Şuhrat Abdujaliloviçning fikriça, yaxşi şifokor bölişning eng birinçi va asosiy şarti aniq maqsadga ega bölişdir.

“Şifokor öz kasbiy yölini maqsadsiz boşlasa, u bilimini töliq işlatolmaydi, bemor bilan muloqot, empatiya va mas’uliyat kabi insoniy jihatlarni ham rivojlantira olmaydi. Şu sababli, şaxsiy maqsadni aniqlaş kasbiy kompetensiyalarni oşiriş va zamonaviy tibbiyot talablariga javob berişning birinçi şartidir”, – deydi u.