Seşanbadan boşlab iş haftasi oxirigaça havo harorati keçasi +20…+25 darajagaça, kunduzi +32…+37 darajagaça, ba’zi joylarda +30 darajagaça pasayadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Ötgan hafta Özbekiston aholisi nihoyatda issiq ob-havo şaroitini boşdan keçirdi. Havo harorati eng yuqori körsatkiçi +43…+45 daraja, janubda va çöl hududlarida esa +46…+49 darajagaça kötarildi. Yakşanbadan respublikaning şimoli-ğarbiy hududlarida havo harorati pasaya boşladi.

Duşanbada çöl hududlarda, seşanbada esa respublikaning barça hududlarida havo harorati pasayişi kuzatiladi.

20–24 iyul kunlari Özbekiston böyiça havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan bölişi kutilmoqda, yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat 21 iyulda Qoraqalpoğiston Respublikasida va 22 iyulda Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Toğli hududlarda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

20–22 iyul kunlari respublikaning ba’zi joylarida şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi.

Duşanba kuni kunduzgi havo harorati +41…+43 daraja, seşanba keçasi +25…+27 daraja, kunduzi +36…+38 daraja böladi. 22–24 iyul kunlari keçasi +20…+23 darajagaça, kunduzi +31…+34 darajagaça pasayadi.

Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12–15 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.