AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida ötgan futbol böyiça 23-jahon çempionati yakuniga yetdi. Ispaniya milliy jamoasi finalda amaldagi çempionlar hisoblangan Argentinani mağlub etdi. Bu safargi mundial iştirokçilar soni (48), ötkazilgan öyinlar soni (104) va davomiyligi böyiça rekord örnatdi – oçiliş öyini va finalgaça 39 kun ötdi. Quyida uşbu turnir qançalik yorqin va hissiyotlarga boy ötgani aks etgan suratlar keltiriladi.

Tobias Schwarz / AFP / Scanpix / LETA

Eron bayroğini kötargan muxlis Yangi Zelandiyaga qarşi öyin oldidan. AQŞ bilan uruş tufayli Eron milliy jamoasi, guruh bosqiçidagi uçala öyini ham Qöşma Ştatlarda ötkazilgan bölsa-da, qöşni Meksikadan qatnaşiga töğri keldi. Amerika hukumati talabiga köra, eronlik futbolçilar öyindan keyin darhol AQŞ hududini tark etişi lozim edi – jamoa vakillari bu futbolçilarning tiklaniş jarayoniga va alal-oqibat öyinlardagi natijalarga ta’sir körsatişini aytib, şikoyat qilişdi. FIFA AQŞ hukumati qarorlari yuzasidan munosabat bildirmadi. 2026 yil 15 iyun
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Patrick Smith / FIFA via Getty Images

Ğazo sektori aholisi Saudiya Arabistoni va Ispaniya örtasidagi öyin translyatsiyasini kuzatmoqda. 2026 yil 21 iyun


































