Angliya: yengilmas «Nyukasl»
«Nyukasl Yunayted» – «Bornmut» 2:2
Gollar: Taverne, 9 (0:1). Tiau, 35 – avtogol (0:2). Barns, 37 (1:2). Remsi, 88 (2:2)
«Nyukasl Yunayted»: Gorniçek, Botman, Tiau, Holl (Livramento, 90), Dediç, Gonsales (Ster, 77), Mayli (Remsi, 63), Uillok (Fernandes-Pardo, 63), Barns, Elanga (Myorfi, 78), Vissa
«Bornmut»: Petroviç, Hill, Silva, Tryuffer, Smit, Skott (Kristi, 90+6), Adams (Kuk, 76), Klyuyvert (Bruks, 76), Taverne (Douk, 89), Rayan (Jebbison, 89), Evanilson
Ogohlantirişlar: Elanga, 28. Vissa, 57 – Klyuyvert, 66. Tryuffer, 87. Smit, 90
Mavsumni juda tetik boşlagan «Nyukasl» («Liverpul» bilan 2:2, «Tottenhem» ustidan 2:0 hisobidagi ğalaba) «Bornmut» bilan öyinda kutilganidek jiddiy muammolarga duç keldi: «olçalar» bungaça qatorasiga sakkizta özaro öyinda «qarğalar»ga yutqazmagan, bu öyinlarning teng yarmida ğalaba qozongandi. Bu safar ham mehmonlar öz vaziyatlaridan maksimum natija çiqarib olişdi. Hisobni oçgan Taverne olisdan yöllangan zarbadan keyin rikoşet orqali yönalişini özgartirgan töpga barçadan birinçi bölib yetib bordi, keyin esa uning qanotdan uzatmasi Tiauning avtogoliga olib keldi. Faqat ikkinçi goldan keyingina mezbonlar öziga kelişdi va Barns olis «töqqizlik»ni aniq nişonga olib, jamoasini öyinga qaytardi. Öyin oxirida esa aynan uning uzatmasidan keyin Jeykob Remsi hisobni tenglaştirdi. «Nyukasl» yengilmas jamoa bölib qolmoqda.
«Mançester Siti» – «Koventri» 1:0
Gol: Holand, 26 (1:0)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Geyi, Gvardiol, Husanov, Anderson, Fernandes (Buaddi, 76), Şerki (Foden, 66), Ndiay (Makaydu, 87), Semenyo, Holand
«Koventri»: Raşuort, Tomas, Pinnok, Amenda, Grayms, Oneka (Yirenki, 63), Dasilva (Hamer, 85), van Eveyk, Rudoni (Çauna, 63), Meyson-Klark (Simms, 71), Avoniyi (Tomas-Asante, 71)
Ogohlantirişlar: Husanov, 90 – van Eveyk, 19. Pinnok, 90
Frenk Lempard boşqaruvidagi «Koventri» APLga qaytişini qatorasiga ikki mağlubiyat bilan boşlagandi, «Etihad»da ham uşbu salbiy seriyani yakunlaşning imkoni bölmadi. Şu bilan birga, çempionşipdan çiqqan uşbu jamoani butkul ilojsiz ahvolda qoldi deb bölmaydi. Avvaliga Husanovning darvozabonga uzatmasi golga aylanib ketişiga bir baxya qoldi, Donnarumma sönggi soniyada darvoza çiziğini töliq kesib ötmagan töpga yetib borişga ulgurdi. Keyingi daqiqada esa Avoniyi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo töğri zarba berolmadi. Faqat bölim örtalaridan ötganida Holand Semenyo öng qanotdan darvozabon hududiga oşirgan töpni boş bilan raqib darvozasiga kiritib yubordi.













