FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon çempionati vaqtida faollik bilan tanqid qilindi. Ayniqsa AQŞ milliy jamoasi hujumçisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi Donald Trampning qönğiroğidan keyin töxtatib turilişi köpçilikning ğazabini keltirdi. Ammo jamoat arboblari sukut saqlaşni afzal körişdi yoki öz noroziliklarini jurnalistlarga anonim tarzda yetkazişdi.

Turnir yakunlanganidan keyin esa vaziyat özgara boşladi: La liga rahbari Haviyer Tebas şveytsariyalik mulozimni iste’fo berişga çaqirdi, unga FIFA sobiq rahbari Yozef Blatter ham qöşildi.

«Suv içiş uçun tanaffus – aldov»

Tebasning noroziligiga JÇ-2026 turniridagi yangiliklar sabab böldi. U birinçi navbatda final öyinida yuzaga kelgan yarim soatlik tanaffusni, şuningdek, bölimlar örtasida suv içiş uçun qilingan kuling breklarni tanqid qildi.

«FIFA barçasini özi xohlagandek – futbol uçun emas, balki öz manfaatlari yölida taşkillaştiradi. Şuning uçun, ular 28 daqiqalik tanaffus xohlaşsa, buni qilişadi. Suv içiş uçun tanaffuslar – aldov. Şunçaki reklama pauzasi. La ligada ham bunday tanaffuslar bor, ammo faqat juda issiq bölgan vaqtlarda», – deya Tebasning sözlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.

Funksioner Dallas, Los-Anjyeles va Atlantadagi stadionlarda konditsionerlar işlab turganini ta’kidlagan. Özining aytişiça, sovqotib qolmaslik uçun sviter kiyib ötirgan.

La liga rahbariga JÇ-2030 iştirokçilari sonini 64 taga oşiriş ğoyasi ham yoqmagan. Bu borada hozirça rasmiy e’lon bölmadi, ammo bunday variant OAVda faol muhokama qilinmoqda – şu kunlarda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) rahbari Alexandro Dominges ham bu borada gapirib çiqdi.

«Biz taqvim böyiça bir neça bor xavotir bildirgan edik, endi esa ular turnirni 64 ta terma jamoagaça kengaytirmoqçi. Futbol sanoati jahon çempionati bilan çeklanib qolmaydi, garçi bu eng muhim voqea bölsa ham», – deya qöşimça qilgan Tebas.

Haviyer Infantino lavozimini tark etişi lozimligini ta’kidladi. Boşqa köplab funksionerlar ham bu fikrga qöşiladi, ammo ular öz noroziligini oçiq izhor etişdan çöçişadi.

«Men Infantinoning vaqti tugadi, deb hisoblayman. Ammo Jannini tizim, federatsiyalar qöllaydi. Muxolif nomzodlar yöq, heç kim yutqazişi aniq bölganda öz nomzodini ilgari surişni istamaydi. Tizim şunday va u tag-tubi bilan buzilgan», – deya sözlarini yakunlagan uşbu funksioner.