Hindiston ta’lim vaziri Dharmendra Pradhan talabalarning Dehlidagi bir neça haftalik ommaviy norozilik namoyişlaridan söng iste’foga çiqdi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.
Namoyişlar iştirokçilari imtihonlardagi qonunbuzilişlar, jumladan, milliy kiriş imtihoni (NEET-UG) savollarining sotilişi sababli uning iste’fosini talab qilişayotgandi.
Harakat may oyida hazil tariqasida boşlangan edi: Hindiston boş sudyasi Surya Kant sud majlisida hukumat tanqidçilari va işsiz yoşlarni «suvaraklar»ga öxşatdi. Şundan söng Boston universiteti talabasi Abhijit Dipke ijtimoiy tarmoqda «agar barça suvarak birlaşsa-çi?» degan çaqiriq bilan çiqdi. Ğoya tez orada millionlab izdoşni birlaştirib, jiddiy siyosiy harakatga aylandi.
Namoyişlar Hindistondagi nufuzli tibbiyot institutlariga may oyida bölib ötgan imtihonlardan keyin boşlandi. Imtihon savollari avvaldan tarqalib ketgani ma’lum bölgaç, hukumat barça abituriyentlarning natijalarini bekor qildi. Buning ortidan bir neça kişi öz joniga qasd qildi.
«Suvaraklar harakati» asosçisi Abhijit Dipke namoyişlar ta’lim vaziri iste’fosidan söng hukumat yana boşqa şartlarni bajarsagina töxtaşini ma’lum qildi. Ular orasida imtihon sababli farzandlari öz joniga qasd qilgan oilalarga 10 mln rupiy kompensatsiya tölaş, namoyiş qatnaşçilarini ta’qib qilmaslik, politsiyaçilarning namoyişçilardan uzr söraşi talablari bor.







