Gambiya prezidenti Yayya Jamme öz mandati yakuniga yetganidan söng iste'foga çiqişdan boş tortdi, deb xabar beradi Reyter agentligi.

"Men qörqoq emasman. Mening huquqlarimni buziş mumkin emas. Bu mening pozitsiyam. Allohdan boşqa heç kim mendan ğalabani tortib ololmaydi", - deya ma'lum qilgan Jamme.

"Men öz vazifamdan ketmayman", - qöşimça qilgan u.

Avvalroq, BMTning Ğarbiy Afrika böyiça maxsus vakili Muhammad Ibn Çambas Gambiya prezidenti hukumatda 19 yanvar kuni yakuniga yetadigan mandatidan söng ham qolsa "jiddiy sanksiyalarga" duç kelişi haqida ma'lum qilgandi.

Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bölib ötdi. Saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, muxolif Gambiya Birlaşgan demokratik partiyasi nomzodi Adama Barrou saylovçilarning 45,5 foiz ovozini qölga kiritdi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovoz olgan.

Jamme saylov natijalarini tan olmasligi hamda bu jarayondagi jiddiy qonun buzilişlaridan ranjiganini ma'lum qildi. Gambiya prezidenti natijalarga Yuqori suddagi saylovlarda qarşi çiqmoqçi. Ta'kidlanişiça, Gambiyada hozirgi kunda Yuqori sudning özi yöq. Ittifoq esa prezidentda öz muddatining sönggi kunlarida uning arizasini körib çiquvçi yangi sudyalarni tayinlaş uçun konstitutsion huquq yöqligini ma'lum qilgan.