Dortmundning «Borussiya» klubi boş murabbiyi Lyusen Favr öz lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.

Bundesliga 11-turi doirasida Dortmund klubi öz maydonida «Ştutgart»ga qarşi öyinda 1:5 hisobida mağlubiyatga uçragaç, şveysariyalik mutaxassis boş murabbiylikdan iste'foga çiqarilgan. Mutaxassis öyindan keyin uşbu mağlubiyatni «inqiroz» deb izohlagandi.

Klub rasmiy saytida e'lon qilinişiça, şu kungaça «Borussiya» boş murabbiyi yordamçisi sifatida işlab kelgan Edin Terziç joriy mavsum yakuniga qadar boş murabbiy vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat yuritadi. Bungaça klub yoşlar murabbiyi sifatida işlagan Sebastyan Geppet va Otto Ado Terziçga yordam berişadi.

Ma'lumot uçun, Dortmund klubi Bundesliga 11-turidan keyin 19 oçko jamğargan holda 5-örinda bormoqda. Jamoa ligada ketma-ket uç öyinda ğalaba qozona olmayapti – 2 mağlubiyat va 1 durang. Klub YeÇLda guruhda 1-örinni qölga kiritib, pley-off bosqiçiga yöllanma olgan.