O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 29 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘zbekiston rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Musobaqa 29 iyuldan 9 avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

“Kelajak o‘yinlari” o‘zida an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.