Özbekiston prezidenti içimlik suvi ta’minoti tizimiga oid yangi farmonni imzoladi.

24 iyul kuni imzolangan farmonga köra, 2027 yil 1 yanvardan:

  • markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlaş iqtisodiy jihatdan samarasiz yoki özini oqlamaydigan hududlarda xizmat körsatiş alohida yondaşuv asosida (maxsus texnikalarda suv yetkazib beriş, şoxobçalarni taşkil etiş va şu kabilar) amalga oşiriladi;
  • içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlaş vakolati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga ötkaziladi (amalda bu vakolat hududiy kengaşlarga tegişli).

2027 yil 1 apreldan boşlab içimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uçun byudjyet taşkilotlariga respublika böyiça bir xil tariflar belgilanadi.

Içimlik suvi işlab çiqariş va yetkazib beriş jarayonlari böyiça alohida hisob-kitob yuritilişi yölga qöyiladi.

2027 yil 1 yanvardan boşlab:

  • respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari rahbar va örinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik körsatkiçlariga içimlik suvini tejaş va hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvçi zamonaviy suv hisoblagiçlar örnatganlik mezonlari kiritiladi;
  • hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvçi zamonaviy suv hisoblagiçlar örnatmagan respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari Boş prokuratura tomonidan nazoratga olinadi.

Içimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasidagi yangi loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari (XMI/XHMT) qarz va grant mablağlari oldindan xarid, retroaktiv va şu kabi boşqa moliyalaştiriş usulini tanlagan holda jalb qilinadi.