1–2 avgust kunlari respublika hududining katta qismida issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +38…+41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha isiydi.

Sinoptiklarga ko‘ra, bu iyul oyining oxiri va avgust oyining boshi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2–4 darajaga yuqori.

Shanba-yakshanba kunlari asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi haftada O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat pasayishi kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan 31 iyul–2 avgust kunlari kunduzi +37…+40 daraja, kechasi +23…+26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 yetr/soniya tezlikda esadi.