Ma’lum qilinişiça, A.A. ismli şaxs Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qidiruvga berilgan bölib, tergovdan yaşiriniş maqsadida Turkiyaga çiqib ketgan.

Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi samarali hamkorlik natijasida uning turgan joyi aniqlanib, tegişli tartibda uşlandi va Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Hozirda mazkur şaxs tergov va sud jarayonlarini davom ettiriş uçun vakolatli organlarga topşirilgan.

Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi hamkorlik xalqaro qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş, ularni uşlaş va jinoiy javobgarlikdan qoçişiga yöl qöymaslik borasida izçil davom etmoqda.