Dunyodagi eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçilardan biri bölgan BYD avgust oyida özining ilk odamsimon robotlarini namoyiş etadi. Taqdimot kompaniyaning Di Space körgazma markazida ötkaziladi va taşrif buyuruvçilar robotlar bilan bevosita muloqot qilişi mumkin böladi.

Ta’kidlanişiça, gap konsept emas, balki real vazifalarni bajara oladigan tölaqonli robotlar haqida bormoqda. 

BYD sun’iy intellekt va odamsimon robotlar yönalişini körib çiqayotgani haqida 2025-yilda ma’lum bölgandi. Kompaniya ijroçi vitse-prezidenti Stella Li kompaniya sun’iy intellektni rivojlantiriş yönalişiga sezilarli mablağ kiritganini aytdi.

Ekspertlarning fikriça, kompaniyaning eng katta ustunligi robotlarning özi emas, balki ularni juda köp miqdorda işlab çiqariş imkoniyati hisoblanadi. Mutaxassislar kompaniyaning ulkan işlab çiqariş quvvatlari uni bozorning asosiy öyinçilaridan biriga aylantirişi mumkinligini aytişmoqda.

Robotlardan dastlab kompaniyaning öz zavodlarida foydalaniladi. Ular detallarni taşiş, mahsulotlarni yiğiş, sifat nazoratini amalga oşiriş va içki logistika jarayonlarini avtomatlaştiriş kabi vazifalarni bajaradi. Bu esa texnologiyalarni haqiqiy iş şaroitida sinovdan ötkaziş va takomillaştiriş imkonini beradi.

Agar robotlarning samaradorligi amalda isbotlansa, ularning qöllaniliş sohasi kengayadi. Kelajakda odamsimon robotlar omborlar, şifoxonalar, mehmonxonalar, savdo markazlari, quriliş sohasi va uy-rözğor işlarida xizmat qilişi mumkin.