Özbekiston va Qirğiziston ilgari Farğona viloyati tarkibiga kirgan Çönğara va Toştepa qişloqlarini rasman topşiriş böyiça taşkiliy-texnik işlarni boşladi. Bu haqda Qirğiziston prezidentining Botken viloyatidagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
Xabar qilinişiça, işlar Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasini demarkatsiya qiliş va yer uçastkalarini almaşiş böyiça erişilgan kelişuvlar doirasida amalga oşirilmoqda.
Ikki davlat qöşma işçi komissiyasining navbatdagi yiğilişi 24-iyul kuni Qadamjoy tumanidan bölib ötgan. Unda tomondan topşirilayotgan hududlar aholsining fuqarolik maqomi, köçiriş, mulk, xöjalik faoliyati va boşqa taşkiliy masalalarni muhokama qilgan.
3-avgustdan qöşma işçi guruh bevosita qişloqlarda iş boşladi. Mutaxassislar aholini röyxatga oliş işlarini ötkazmoqda hamda keyinçalik hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibini tuşuntirmoqda.

Qirğiziston tomoniga mamlakat prezidentining Botken viloyati böyiça vakili Baktibek Toksonbayev, Özbekiston tomoniga IIV Migratsiya va personallaştiriş departamenti boşliği örinbosari Behzod Sayfullayev boşçilik qilmoqda.
Qayd etilişiça, Çönğara va Toştepa qişloqlarida asosan etnik qirğizlar yaşaydi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ikki qişloq aholisi soni 2,5 ming nafarga yaqin.
Röyxatga oliş yakunlanganidan söng aholiga Qirğiziston fuqaroligini beriş jarayoni boşlanadi.
Qirğiziston Özbekiston tomoniga uşbu ikki qişloq maydoniga teng yer maydonini beradi.










