Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat fuqarolik xizmatçilarining oylik iş haqi tizimi va mehnatga haq tölaş şartlarini muvofiqlaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Qayd etilişiça, davlat organlarida boşqaruv xodimlarining ştat birliklari 2016-yildagi 73 mingdan sönggi yillarda 54 mingtaga maqbullaştirilgan.

Taqdimotda amaldagi mehnatga haq tölaş tizimidagi nomutanosibliklar tahlil qilindi.

Bugungi kunda davlat xizmatçilari iş haqi tarkibida lavozim maoşining uluşi 15 foizdan oşmaydi. Iş haqi fondining 70 foizgaça qismini xodimning aniq natijasiga boğlanmagan turli ustama, mukofot va rağbatlantiruvçi tölovlar taşkil qiladi.

Natijada bir xil lavozimda va öxşaş vazifalarni bajarayotgan xodimlarning iş haqi örtasida katta farq yuzaga kelgan. Ayrim vazirlik va idoralarning hududiy bölinmalari xodimlari oladigan iş haqini viloyat, tuman va şahar hokimliklaridagi xuddi şunday lavozim egalari iş haqi bilan soliştirganda, tenglik prinsiplariga amal qilinmayotgani körinadi.

Mehnatga haq tölaş tizimini tartibga soluvçi yagona huquqiy hujjat mavjud emas. Aksariyat davlat organlarida qöllanilayotgan mehnatga haq tölaş şartlari böyiça 50 dan ortiq alohida normativ hujjat amal qilmoqda.

Şu bois, davlat fuqarolik xizmatçilari mehnatiga haq tölaşning yagona, oçiq va natijaga asoslangan tizimini joriy etiş taklif qilindi.

Yangi tizim bilan 54 ming nafar davlat xizmatçisini qamrab oliş közda tutilgan. Davlat organlari milliy, respublika, hududiy hamda tuman va şahar darajalariga, xodimlar esa bajaradigan vazifalariga qarab ma’muriy boşqaruv, asosiy va qöllab-quvvatlaş guruhlariga ajratiladi.

Xalqaro tajriba asosida 11 ta razryad va 6 ta poğonadan iborat yangi iş haqi setkasini joriy etiş taklif qilindi. Öndan ortiq ustama va mukofotlar örniga uçta asosiy rağbatlantiriş tölovi joriy etiladi.

Jumladan, malaka darajasi, xodimning funksional vazifalarni bajarişi, ijro va mehnat intizomi, taşabbuskorligi asosida baholanadigan samaradorlik körsatkiçlari – KPI uçun ustama tölanadi.

Şuningdek, muhim va murakkab vazifalarni bajargan, innovatsion yondaşuvlarni joriy etgan hamda yuqori natija körsatgan xodimlarga hisobot davri yakunlari böyiça bonus tölovlari beriş nazarda tutilmoqda.