Germaniya Içki işlar vazirligi ma’lum qilişiça, joriy yil iyul oyida mamlakatda boşpana beriş böyiça 4311 ta dastlabki ariza qabul qilingan. Bu körsatkiç 2025-yil iyulida qayd etilgan 8293 ta arizaga nisbatan deyarli ikki barobar kam. 2024-yil iyuli bilan taqqoslaganda esa murojaatlar soni qariyb 75 foizga qisqargan.

Tagesschau naşrining ta’kidlaşiça, bu bir martalik holat emas. Germaniyada boşpana izlovçilar soni bir neça oydan buyon izçil kamayib bormoqda. Masalan, 2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatda ilk bor boşpana söraganlar soni 39 646 nafarni taşkil etgan. Ötgan yilning şu davrida esa bu körsatkiç 72 818 nafar bölgan.

Germaniya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2025-yil davomida mamlakatda jami 113 236 ta dastlabki boşpana arizasi qabul qilingan bölib, bu 2024-yilga nisbatan 50 foizdan ortiq kamdir. Takroriy murojaatlar ham hisobga olinganda, ötgan yili jami 168 543 ta boşpana arizasi rasmiylaştirilgan. Bu esa avvalgi yilga nisbatan 32,8 foizga kam körsatkiçdir.

Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt uşbu tendensiyani hukumatning migratsiya sohasidagi siyosati samarasi sifatida baholagan. Uning fikriça, mamlakatda çegara nazorati kuçaytirilişi va migratsiya qoidalarining qat’iylaştirilişi natija bermoqda.

Mutaxassislar qayd etişiça, boşpana sörovlarining kamayişi nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa Ittifoqi uçun xos tendensiyaga aylangan. Bu holat Yevropa Ittifoqining migratsiya qonunçiligi kuçaytirilgani bilan izohlanmoqda.

Joriy yil iyun oyidan boşlab Umumevropa boşpana beriş tizimi (CEAS) işga tuşirildi. Yangi tizimga muvofiq, Yevropa Ittifoqi taşqi çegaralarida boşpana izlovçilar uçun dastlabki tekşiruvlar joriy etildi va ularning arizalarini körib çiqiş jarayoni tezlaştirildi.

Şu bilan birga, Germaniyada quruqlik çegaralari orqali noqonuniy kiriş holatlari ham sezilarli darajada qisqargan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025-yilda bunday holatlar 62 526 tani taşkil etgan. Bu 2023-yilda qayd etilgan 127 549 ta holatga nisbatan qariyb ikki barobar kamdir.

Germaniya hukumati bu natijani 2024-yil sentyabridan amal qilayotgan kuçaytirilgan çegara nazorati bilan boğlamoqda. Avval vaqtinçalik çora sifatida joriy etilgan mazkur tartib bir neça bor uzaytirilgan va hozirça sentyabrgaça amal qiladi. Içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt esa yaqinda Ispaniyaning Seuta hududidagi migratsiya inqirozini inobatga olgan holda, uşbu nazorat çoralari keyinçalik ham saqlab qolinişini bildirgan.