Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, 5-avgust kuni soat 02:19 da Toşkent şahrining Olmazor tumani, Usta Şirin köçasida joylaşgan köp qavatli uyning 6-kiriş yölagidagi elektr qutisida yonğin sodir bölgani töğrisida Toşkent şahar FVVga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmasi soat 02:25 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 03:58 da öçirilgan.
Yonğin natijasida 6-kiriş yölagida taxminan 60 pogonometr maydondagi elektr kabellari yonib zararlangan.
Körsatilgan manzilda qutqaruvçilar tomonidan köp qavatli uydan 26 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Kun.uz hodisa tafsilotlarini örgandi. Turar joy majmuasida yaşovçi aholi holatni quyidagiça ta’riflaydi:
“2 kun oldin köçib kelgandik, keçasi mana şu ahvol bölib turibdi. Birdan keçasi qörqinçli ovoz çiqdi, eşiklarni oçib qarasak qop-qora tuman. Elektr şitlari, har bir etajda bittadan portlab çiqdi. 1 soat davomida 12-qavatdaligimiz uçun qolib ketdik. Çunki tuman, umuman nafas olib bölmas edi. Yonğinni öçirmagunça uyimizdan çiqa olmadik”.
Yana bir fuqaro esa iyun, iyul oylarida turar joy binosida elektr toki tez-tez öçib turganini aytdi, şuningdek elektr simlarini tortgan mas’ul şaxslar javobgarlikka tortilişi kerak deb hisoblaşini bildirdi.
Golden House kompaniyasi Mijozlarga xizmat körsatiş departamenti menejyeri Davron Urinovning ma’lum qilişiça, ta’mirlaş işlari yakunlangunga qadar yonğindan zarar körganlar vaqtinça mehmonxonalarga köçirilib, oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Olmazordagi köp qavatli uyda yonğin sodir böldi - reportaj
14:09 / 06.08.20264 2232 min







