Sönggi ikki mavsum sovrinsiz qolgan «Real» bu yozda eng faol klublardan biri bölmoqda: Mark Kukurelya, Ibraima Konate, Denzel Dumfris, Bernardu Silva va endi – Diomande.

Top-klublar raqobati

Bu baribir röy berdi: «Real» 19 yoşli ivuarlik vinger Yan Diomandening transferini e’lon qildi. Bu madridliklar klubi tarixidagi eng qimmatbaho kelişuvga aylandi. Ma’lum bölişiça, «Real» «Leypsig»ga futbolçi uçun 125 million yevro tölaydi, yana 15 million yevro bonuslar sifatida berilişi közda tutilgan. Şu tariqa, bu Kriştianu Ronaldu, Garet Beyl, Eden Azar va Jud Bellinghemdan ham qimmatroq xaridga aylandi.

Bu yozda Diomande uçun bir neça top-klublar kuraş olib borgandi. «Leypsig» oxiriga qadar narx borasida yon bermadi va muzokaralardan maksimum foyda bilan çiqdi. Jahon çempionatidan oldinroq ham Diomandening nomi Saloh örniga yangi vinger qidirayotgan «Liverpul» bilan boğlanayotgandi. Keyin «Arsenal» va «Mançester Siti» kabi klublar ham unga jiddiy qiziqiş bildirişdi. Ammo ivuarlik futbolçiga Angliyada öynaş varianti ma’qul kelmadi va u «PSJ» taklifini afzal kördi. Insayderlar uning parijliklar safiga ötiş jarayoni yakuniy bosqiçda ekani haqida xabar berişgandi, ammo kutilmaganda poygaga «Real» ham qöşildi va yakunda uni ilib ketdi.

Bozor qizidi, «Leypsig» esa narxni oşirişda davom etdi. Natijada «PSJ» muzokaralarni tark etib, buni oqilona moliyaviy boşqaruv va tarkib muvozanatini saqlaş tamoyillari bilan izohladi. Şundan keyin birgina «Real» qoldi va insayder Fabritsio Romano özining maşhur Here we go iborasini qölladi, lekin transfer keçikdi va faqat bir haftadan köproq vaqt ötib rasmiy e’lon berildi.

Transfer nega çözildi?

Romanoning tasdiğidan rasmiy e’longaça ön kun ötdi. AS naşri ma’lumotiga köra, bunga futbolçining sobiq agentlik firmasi, Maks Gradel (ivuarlik sobiq futbolçi) tomonidan boşqariladigan Maxidel Management hamda uning hozirgi vakillari hisoblangan Roc Nation örtasidagi nizo sabab bölgan.

Maxidel kompaniyasi iddao qilişiça, Diomande özaro kelişuvni noqonuniy tarzda bir tomonlama bekor qilgan. Agentlik FIFAga şikoyat qilib, futbolçining boşqa firma oldida majburiyatlari borligiga qaramay, «Real» muzokaralarni Roc Nation bilan olib borganini qayd etgan.

Şu bilan birga, bu – transfer keçikişining yagona sababi emas. «Leypsig» boşqaruvçi direktori Marsel Şefer bir neça kun oldin agentlik mojarosi kelişuvni barbod qila olmasligi, klublar esa hozirça yakuniy kelişuvga erişa olmaganini aytib çiqdi. Aftidan, transfer rasmiylaştirilişini futbolçining vakillari örtasidagi bahs bilan bir qatorda «Real» va «Leypsig» örtasidagi savdolaşuv ham töxtatib turgan.