Şerzod Abduhakimoviç Salihov Çinoz tumani hokimi etib tayinlandi. U xalq deputatlari Çinoz tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida hududning yangi hokimi sifatida taniştirilgan.
Şerzod Salihov 1982 yili Toşkent tumanida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toşkent davlat pedagogika universiteti, 2017 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi davlat boşqaruv akademiyasini tamomlagan.
Şerzod Salihov mehnat faoliyati davomida «Abduhakim baraka» fermer xöjaligi rahbari, Zangiota tumani «Navoiy mirişkor» agrofirmasi rahbari, Toşkent tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari singari vazifalarda işlagan.
Tayinlovga qadar u Toşkent tumani hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
- 2021 yilning yanvaridan 2024 yil yanvarigaça Çinoz tumaniga hokimlik qilgan Botir Alimbekov oldinroq Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlangandi. U avval ham viloyat hokimi örinbosari bölib işlagan.









