Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari «Toşkent-Aero» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda xorijdan yirik miqdorda giyohvandlik vositalarini olib kiriş bilan boğliq holatni foş etdi.
Ma’lum qilinişiça, «Bangkok - Toşkent» yönalişida uçib kelgan, 2004-yilda Jizzax viloyatida va 1993-yilda Toşkent şahrida tuğilgan ikki nafar fuqaro Toşkent xalqaro aeroportida tekşiruvdan ötkazilgan.
Tekşiruv davomida ularga tegişli yuklar içida şişa va alyuminiy idişlarga qadoqlanib, yaşirilgan 4,6 kilogramm «Mefedron» sintetik narkotik moddasi borligi aniqlangan.
Şundan söng ularning Toşkent şahridagi yaşaş manzili ham közdan keçirilgan. U yerdan 1,5 litr gaşiş moyi va 8 litr erituvçi vositalar topilib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olingan.
Tezkor tadbirlar davom ettirilib, xorijdan keltirilgan narkotik moddalarni Toşkent şahrida qabul qilib olayotgan vaqtda 1997-yilda Jizzax viloyatida tuğilgan yana bir şaxs uşlangan. Undan 635 gramm «Alfa-PVP» giyohvandlik vositasi olingan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi - kontrabanda bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, uşbu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik uçun 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.








