Qamoqxonalarda advokatlarning uzun navbatlarda sarson bölişiga rasman çek qöyilmoqda. Bu haqda Advokatlar palatasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, 14-avgust kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etiş departamenti boşliği Azizxon Umarxonov va Advokatlar palatasi raisi Şuhrat Sodiqov tomonidan qöşma qaror imzolangan. Hujjat bilan vaqtinçalik nizom ham tasdiqlangan. 

Yangi tartib 2026-yil 17-avgustdan boşlab töliq kuçga kiritiladi. Unga köra, advokatlarga avtomatik tarzda QR-kodli maxsus elektron ruxsatnoma rasmiylaştirib beriş tizimi yölga qöyiladi. Bu Advokatlar palatasining E-advokat.uz va Jazoni ijro etiş departamentining markazlaşgan Qal’a axborot tizimlarini integratsiya qiliş orqali amalga oşiriladi.

Uçraşuvlarning 3 xil yangi şakli taşkil qilinmoqda:

· masofaviy şaklda navbat oliş – advokat muassasaga bormasdan turib, tizim orqali köpi bilan 7 kun oldin öziga qulay sana va vaqtni band qiladi; 

· bevosita muassasaning özida navbat oliş (jonli navbat) – tergov hibsxonalari taşqarisida maxsus sensorli terminallar (infokiosk) örnatildi. Advokat u yerda Face ID orqali röyxatdan ötib, kutiş joyidagi monitor orqali virtual navbatini kutadi. Bitta jonli navbatda 2 nafar şaxs bilan uçraşişga ruxsat beriladi;

· keçiktirib bölmas uçraşuv şakli – protsessual muddatlar yoki tezkor tergov/sud harakatlari sababli taşkil etiladi. Iş vaqtidan taşqari vaqtda, dam oliş va bayram kunlari 24 soat davomida tizimdagi maxsus panel orqali zudlik bilan uçraşuv beriladi. 

Şuningdek, qamoqxona xodimlari va advokatlarning majburiyatlari ham belgilanmoqda. Unga köra, muassasa ma’muriyati tomonidan advokatning uçraşuv davomiyligini çeklaş qat’iyan taqiqlandi. Tizimdagi böş xonalarni asossiz yaşirgan xodimlar intizomiy javobgarlikka tortiladi. Qolaversa, advokatning faoliyatiga tösqinlik qilgan yoki qöpol muomalada bölgan xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziladi.

Şu bilan birga, advokatning uçraşuv xonasiga taqiqlangan buyum olib kirişi, xat-xabar olib çiqişi yoki telefon sözlaşuvi taşkil etişi içki tartibni qöpol buziş hisoblanib, bunday hollarda uçraşuv darhol töxtatiladi.