Özbekiston Advokatlar palatasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Sodiqov seşanba kuni matbuot anjumanida advokatlar yetişmasligi muammosi haqida töxtalib ötdi.

«Biz sohaga yoşlarni jalb qila olmayapmiz. Talabalar bilan yaqindan işlayapmiz, lekin ularni kasbimizga olib kirişda ikki yillik tajriba kerak. Bu – ikki yilni yöqotişdir.

Hozirda 4 ming advokat orasida 30 yoşgaça bölganlari atigi 70 nafarni taşkil etadi. Bu ham sohadagi yoşlar böyiça holatni körsatib turibdi. Talabgorlar yo çet elga öqiş yoki işga ketib qoladi, yo boşqa iş topib ketadi.

Advokatlar palatasi huzurida talabalar uçun klub oçganmiz. Kuni keça unda saboq olayotgan Toşkent davlat yuridik universitetining 15 nafar talabasi advokat bölaman deyapti. Lekin ertaga: «2 yil senga iş bera olmayman», deganimizdan keyin uni boşqa iş beruvçi olib ketadi. Şu tariqa yoş kadrlarni ham yöqotyapmiz. Yangi qonunda bu tösiqni olib taşlaymiz va umid qilamizki, advokatlar soni ortadi», – deya Sodiqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 8 250 nafar fuqaroga 1 nafar advokat töğri keladi. Bu körsatkiç AQŞda 256 nafar, Italiyada 260 nafar, Germaniyada 500 nafar, Ozarbayjonda 667 nafar, Gollandiyada 900 nafar, Fransiyada 1 403 nafar, Qozoğistonda 4 000 nafar fuqaroga töğri keladi.