Priçard Kolon Floridada tuğilgan, ammo bolaligida oilasi bilan Puerto-Rikoga köçib ötgan. Bu yerda u tezda umidli boksçiga aylanadi. 20 yoşigaça u beş marta Puerto-Riko havaskorlar çempionatida ğolib çiqadi va yoşlar örtasida Panamerika öyinlari oltin medalini qölga kiritadi.
2013-yilda Kolon professional boksga ötadi. U professional ringda 16 jangdan birortasida yutqazmaydi; 13 jangda nokaut bilan ğalaba qozonadi. Terrel Uilyamsga qarşi ön yettinçi jang – Kolon uçun oxirgisi bölib qoladi.
Uşbu bahs (uning videosi yutubda bor) öta keskin keçadi: referi raqibning beldan pastki qismiga zarba uçun Kolondan oçko olib taşlaydi, Uilyamsga esa «rabbit punch» uçun jarima beriladi – boksda ensaga zarba yöllaş şunday nomlanadi; bunday zarbalar boksdan taşqari boşqa köplab yakkakuraş sport turlarida ham taqiqlangan. Hakam raqiblarning har ikkisini diskvalifikatsiya qiliş mumkinligi haqida ogohlantiradi.
9-raundda Kolon ikki marta nokdaun holatiga tuşadi. Kolonning jamoasi a’zolari esa bong çalinganidan keyin xatolik tufayli 10-raund ham yakunlandi, deb öylab boksçining qölqoplarini yeçadi. Şundan keyin referi jangni muddatidan oldin töxtatadi.
Kolon jangdan keyinoq özini yomon his qilayotganini bildiradi. Uni zudlik bilan şifoxonaga olib borişadi, u yerda unga miyaga qon quyilişi taşxisi qöyiladi. Şifokorlar boksçini sun’iy koma holatiga tuşirişga majbur böladi va u 221 kun davomida komada qoladi. Şundan söng boksçi tölaqonli hayotga qaytmadi: u nogironlar aravaçasida harakatlanar, özi mustaqil ovqatlana olmas va gapira olmasdi. 2026-yil 13-avgust kuni Kolonning oilasi uning vafoti haqida xabar berdi.
Terrel Uilyams Kolondan ham, uning yaqinlaridan ham oşkora uzr söramagan. Şu bilan birga, 2018-yilda u har kuni Kolon uçun ibodat qilişini aytgan. Şuningdek, jangdan söng darhol raqibining holidan xabar oliş uçun şifoxonaga bormoqçi bölganini, biroq uni bu fikridan qaytarişganini ta’kidlagan.

Phelan M. Ebenhack / For The Washington Post / Getty Images
Jang bölib ötgan Virjiniya ştati hukumati maxsus tekşiruv ötkazgan. Lekin Uilyams, hakam yoki jangda işlagan şifokorga nisbatan sanksiya qöllaş mumkin bölgan heç qanday fakt aniqlanmagan.
Butunjahon boks kengaşining (WDC) Kolon xotirasiga bağişlangan press-relizida boksçi bilan sodir bölgan «baxtsiz hodisa» izsiz ketmagani ta’kidlangan: şundan keyin WDC xavfsizlik qoidalarini kuçaytirgan va yanada qat’iy tibbiy protokollarni joriy etgan.









