Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 16-avgust kuni mamlakat uçun Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş endi ustuvor vazifa emasligini, biroq Anqara a’zolik uçun eşiklarni yopmayotganini ma’lum qildi.

«Endi Yevropa Ittifoqi biz uçun ustuvor yönaliş emas», - dedi Erdöğan «Al Jazeera» telekanaliga bergan intervyusida. Uning ta’kidlaşiça, Turkiya Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş ğoyasidan voz keçmagan, ammo bu masala endi birinçi örinda turmaydi.

Uning fikriça, agar Yevropa Ittifoqi Turkiyani rad etişda davom etsa, özi yutqazadi.

Turkiya 1999-yildan buyon Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomiga ega. Ittifoqqa qöşiliş böyiça muzokaralar 2005-yilda boşlangan, ammo hozir turli masalalardagi kelişmovçiliklar tufayli deyarli muzlatib qöyilgan.