Toşkentda taksi haydovçisi va yölovçi örtasidagi mojaro kattalaşib, haydovçi şifoxonaga yotqizilgan edi. Holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida haydovçiga kuç işlatgan bloger qamoqqa olindi.
Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Axborot-multimedia markazi boşliği örinbosari Qahramon Xudoyberganov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Uning aytişiça, bloger Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Tergov boşqarmasi tomonidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida qamoqqa olingan.
Gap 17-avgust kuni Toşkentning Yaşnobod tumanida sodir bölgan mojaro haqida ketmoqda. Unda 27 yoşli taksi haydovçisi Yoqubbek Jöraboyev va yölovçi ayol örtasida oğzaki tortişuv çiqqan. Keyin voqea joyiga yölovçining ikki tanişi bölgan instablogerlar yetib kelib, haydovçi bilan janjallaşgan, unga nisbatan haqoratli sözlar işlatib tahqirlaşgan. Ular avvaliga haydovçini ayolga jinsiy tegajoğlikda ayblab video qöyişgan. Vaziyat özgargaç, blogerlar videomurojaat orqali jamoatçilikdan özlarini oqlaşda yordam söray boşlagan. Şundan söng ularning sahifalaridan holat bilan boğliq barça videolar öçirilgan.
Haydovçi voqea vaqtida unga kuç işlatilganini aytgan va tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlar uning peşona va ensa sohalarida şişlar, şuningdek, yelka, yonboş, kökrak va qorin sohalarida şilingan jarohatlar aniqlanganini ma’lum qilgan.












