Nebraska ştati (AQŞ) sudi Omaxa şahrida yaşovçi 23 yoşli Deron Lyuis-Peynni qurol yordamida bank ömargani uçun 121 oyga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar berdi Nebraska okrugi prokuraturasi.
Idora maʼlumotlariga köra, 2026-yil 10-fevral kuni Lyuis-Peyn Omaxadagi i3Bank filialiga kirib, xodimlarga Llama Mini-Max töpponçasi bilan tahdid etib, pul talab qilgan. Natijada u taxminan 9175 dollar naqd pulni olib, voqea joyidan yaşiringan. U pullarni savdo markazida sarflab yuborgan. Bosqinçining şaxsi videokuzatuv kameralari va uning yorqin rangli kiyimi tufayli aniqlangan.
Gumon qilinuvçi qölga oliş çoğida öğirlangan pullarning bir qismini bank örami bilan birga taşlab, qoçişga uringan. Uning uyini tintuv qiliş paytida politsiyaçilar bankka kelgan avtomobilni va kiyimlarining asosiy qismini topgan. Tergovçilar bosqinçining telefonidan ChatGPT bilan yozişmalarni aniqlagan - muqaddam sudlangan bu şaxs politsiyaning tezkor çaqiriqlarga javob beriş vaqti, şuningdek, töpponçani qismlarga ajratiş va taʼmirlaş usullari bilan qiziqqan. Politsiya öğirlangan pullarning bir qismini qaytarişga muvaffaq bölgan.
2025-yil avgust oyida bir amerikalik ChatGPT maslahati bilan uç oy davomida tuz örniga bromid isteʼmol qilib, psixozni keltirib çiqargan zaharlaniş ortidan majburiy davolaniş uçun ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. 2025-yil oktabr oyida esa AQŞda sinfdoşini dars vaqtida öldiriş rejasini tuzişda ÇatGPT’dan yordam söragan maktab öquvçisi hibsga olingan. Ösmir bu qilmişini tengdoşini hazil tariqasida qörqitmoqçi bölgani bilan izohlagan.








