Visual Capitalist 2025-yilda aholi jon boşiga umumiy energiya ta’minoti eng yuqori bölgan 40 ta davlat reytingini taqdim etdi. Ma’lumotlar Energetika institutining Statistical Review of World Energy 2026 hisobotiga asoslangan.
Umumiy energiya ta’minoti deganda mamlakat iqtisodiyotiga kirib keladigan barça energiya - sanoat, elektr energiyasi işlab çiqariş va transport uçun sarflanadigan yoqilği hamda boşqa energiya manbalari tuşuniladi. Bunda energiyani bir turdan boşqasiga aylantiriş jarayonidagi yöqotişlar hali hisobga olinmagan böladi.
Şu sababli mazkur reyting aholining maişiy energiya iste’moli yoki alohida bir kişining şaxsiy energiya sarfini emas, balki butun iqtisodiyotning energiyaga bölgan talabini aks ettiradi.
Reytingda Islandiya 745 gigajoul bilan birinçi örinni egallagan. Mamlakatda elektr energiyasi deyarli töliq mahalliy gidroenergetika va geotermal manbalar hisobiga işlab çiqariladi. Şu bilan birga, alyuminiy işlab çiqariş kabi energiya talabçan sanoat tarmoqlari umumiy iste’molning katta qismini şakllantiradi.
Ikkinçi örinda Qatar - 717 gigajoul, uçinçi örinda esa Singapur - 628 gigajoul körsatkiç bilan qayd etilgan.
Qatarda tabiiy gazni qayta işlaş, suyultiriş va eksport qiliş yirik hajmda amalga oşiriladi. Singapur esa dunyodagi eng yirik neftni qayta işlaş va neft-kimyo markazlaridan biri hisoblanadi. Har ikki davlatda aholi soni nisbatan kam bölgani ham jon boşiga hisoblangan körsatkiçning yuqori bölişiga ta’sir qiladi.
Reytingning birinçi sakkiztaligida öziga xos tendensiya kuzatiladi. Islandiya va Singapurdan taşqari, qolgan olti davlat neft va gazning yirik işlab çiqaruvçilari bölib, aholisi nisbatan kam.
Jumladan, Kuvaytda aholi jon boşiga 378 gigajoul, Trinidad va Tobagoda 358 gigajoul, Saudiya Arabistonida 348 gigajoul, Ummonda 315 gigajoul energiya töğri kelgan.
Rossiya reytingda 216,6 gigajoul körsatkiç bilan 12-örinni egallagan.
Xitoyda esa aholi jon boşiga umumiy energiya ta’minoti 115 gigajoulni taşkil etgan. Bu körsatkiç Ispaniyadagi 109 gigajouldan yuqori.
Ayni paytda Buyuk Britaniya - 90 gigajoul, Italiya - 94 gigajoul va Şveysariya - 98 gigajoul körsatkiç bilan birinçi 40 talikka kirmagan. Reytingning quyi çegarasi Bolgariyaga töğri kelib, unda aholi jon boşiga energiya ta’minoti 104 gigajoulni taşkil etgan.
Qaysi davlatlar aholi jon boşiga eng köp energiya sarflaydi?
09:20 / 21.08.20264 8134 min
2025-yilda aholi jon boşiga umumiy energiya ta’minoti eng yuqori bölgan davlatlar reytingida Islandiya birinçi örinni egalladi. Mamlakatda bu körsatkiç bir kişiga 745 gigajoulni taşkil etgan. Keyingi örinlardan Qatar va Singapur joy olgan.













