Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev erkaklarning quchoqlashib koʻrishishlarini keskin tanqid qildi va bu mamlakat urf-odatlariga zid ekanini taʼkidladi.
«Erkaklar bir-birini quchoqlashi, oʻpishi, ayollar erkaklarni, erkaklar esa ayollarni oʻpishlari yaxshimas. Bizning urf-odatlarimizda hech qachon bunday boʻlmagan», - dedi u Ostonada parlament saylovlarida ovoz berganidan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
Toʻqayevning qoʻshimcha qilishicha, harbiylarni bunday holatda tasavvur ham qilib boʻlmaydi.
«Erkaklar bir-biriga qoʻl uzatib, mahkam siqib qoʻrishishi kerak. Qoʻlni iliq kotlet yoki novda kabi boʻsh uzatib emas, balki tabassum bilan salomlashish kerak, ammo undan ortigʻi emas. Ayniqsa, harbiy libosdagilar. Generallar ham bir-birini quchoqlay boshlayapti. Bu nimasi?» - deya eʼtiroz bildirdi u.
Yakshanba kuni Qozogʻistonda yangi bir palatali parlament - qurultoy saylovlari boʻlib oʻtmoqda. Qonunga koʻra, Qurultoy saylanganidan soʻng hukumat oʻz vakolatlarini topshirishi va shunga muvofiq yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilishi kerak.









